#TMI #PDU #Qabul2022
⚡️ABITURIYENTLAR DIQQATIGA⚡️
Mamlakatimiz miqyosida oʻtkazilgan bu yilgi kirish imtihonlarida oʻqishga tavsiya etilmadingizmi?
Unday boʻlsa, buning xavotirli joyi yoʻq. Hali ham kech emas!
🔝Sizda Toshkent moliya instituti – Polosk davlat universiteti qoʻshma fakultetining talabasi boʻlish imkoniyati bor⚡️
Toshkent moliya institutida Polosk davlat universiteti bilan hamkorlikda TMI-PDU qoʻshma fakulteti tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda mazkur fakultetda 400 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Abituriyentlarning talaba boʻlish orzusini amalga oshirish maqsadida TMI-PDU qoʻshma fakultetiga hujjatlar qabuliga start berildi.
✅TMI-PDU qoʻshma fakulteti 2022/2023 oʻquv yili uchun quyidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga toʻlov-kontrakt asosida qabul eʼlon qiladi:
Bakalavriat, kunduzgi taʼlim shakli:
✅“Buxgalteriya hisobi va audit”
✅“Biznes tahlil”
✅“Moliya va moliyaviy texnologiyalar”
✅“Bank ishi va audit”
Taʼlim tili: rus tili;
Taʼlimning davomiyligi: 4 yil.
⏱Hujjatlar 2022-yilning 23-avgust -15-sentyabr kunlari davomida qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkilotlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida taʼlim faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” talablariga muvofiq quyidagi ikki bosqichda oʻtkaziladi:
Birinchi bosqichda– institut tomonidan xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkiloti bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan qabul qilish tartibiga muvofiq muayyan fanlardan kirish imtihonlari oʻtkaziladi;
Ikkinchi bosqichda — institutning buyurtmasiga muvofiq Vazirlar mahkamasi huzuridagi davlat test markazi tomonidan kelishilgan muddatlarda qoʻshma taʼlim dasturida oʻqitish olib boriladigan chet tilidan test sinovi oʻtkaziladi.
⚡️“3+1” qoʻshma taʼlim dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchiga:
Toshkent moliya instituti va Polotsk davlat universitetining diplomlari beriladi.
Abituriyentlar onlayn tizimida https://sf-tfi-pgu.uz/– sayti orqali hujjatlarini topshirishlari mumkin.
Manzil: Toshkent shahri A.Temur 60 A uy.
Veb sayt: https://sf-tfi-pgu.uz/
Telegram: https://t.me/tfipgu
Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official